500 millionlik davlat xaridida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi
«Toshkent-donmahsulotlari» AJ buyurtmachiligida 2023 yil 23 iyun kuni «Yuk tashish xizmati ko‘rsatish» yuzasidan o‘tkazilgan 500 mln so‘mlik davlat xaridida qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, davlat xaridida ishtirok etgan ikki talabgorning hujjatlari xarid komissiyasi raisi va a’zolari foydalangan qurilma (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.
Natijada O‘zbekiston Respublikasi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning:
– 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi);
– 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi);
– 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilgan va boshqa qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Mazkur holatlar bo‘yicha 2023 yil 6 iyul kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan.
Agentlikning taqdimnomasiga binoan «Toshkent-donmahsulotlari» AJ tomonidan 24 iyul kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter