Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6 noyabrdan Toshkent shahridagi uylarga issiqlik ta’minoti beriladi

6 noyabrdan Toshkent shahridagi uylarga issiqlik ta’minoti beriladi

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 3-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, yuqoridagiga muvofiq ravishda, 6-noyabrdan boshlab ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p xonadonli turar-joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

Hokimlik, shuningdek, iste’molchilardan issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar kuzatilganda 1055  yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga murojaat qilishlarini so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring