6 oyda OAVda yoritilgan tanqidiy materiallar sabab o‘ttizga yaqin jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
OAVda e’lon qilingan tanqidiy materiallar bo‘yicha qo‘pol qonun buzilish holati yuzasidan 29 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringda jami 678 ta tanqidiy maqola aniqlanib, ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan. Shu bilan birga, o‘tgan davrda prokuratura organlari aralashuvi talab etiladigan tanqidiy materiallar soni 496 tani tashkil etgan.
O‘z navbatida, ushbu tanqidiy materiallar prokuratura organlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, barchasiga rasmiy bayonotlar berilgan.
Tanqidiy materiallar bo‘yicha qo‘pol qonun buzilish holati bo‘yicha 29 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 32 ta fuqaroning huquqlari tiklangan.
Davlat organlarining huquqiy hujjatlarini tizimli ravishda o‘rganish natijasida esa:
- 26 mingga yaqin qonunga zid hujjatlarga protest keltirildi, qonunbuzilishi sabablarini bartaraf etish borasida tegishli idoralarga 14 mingta taqdimnoma kiritilgan;
- 640 mlrd. so‘m zararni undirish haqida sudlarga 15 mingdan ortiq arizalar kiritilgan;
- 225 ming nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter