Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023 yilda kasaba uyushmalariga murojaat qilgan 8,5 ming nafar xodimning huquqlari tiklangan

2023 yilda kasaba uyushmalariga murojaat qilgan 8,5 ming nafar xodimning huquqlari tiklangan

Foto: Xabar.uz

2023 yilning 10 oyi davomida kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning 3 ming 643 ta murojaati ko‘rib chiqilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kasaba uyushmalari federatsiyasi axborot xizmati rahbari Muhabbat O‘rmonbekova ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Murojaatlarni ko‘rib chiqish va jamoatchilik nazorati tartibidagi o‘rganishlar natijasida qariyb 8,5 ming nafar xodimning huquqlari tiklanib, ular foydasiga 26 mlrd. 114 mln. so‘mdan ziyod zarar pullari undirib berilgan.

Shu bilan birga, ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori standartlariga rioya etilishi, ish haqidan muddati o‘tgan qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik monitoringi o‘tkazilib, kasaba uyushmalarining sa’y-harakatlari bilan sud, prokuratura, hokimiyat organlari va mehnat inspeksiyasiga kiritilgan 372 ta murojaat natijasida 2023 yilning 10 oyi davomida o‘z vaqtida to‘lanmagan 151 mlrd. so‘m ish haqi mehnatkashlarga undirib berilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring