Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlar diqqatiga! Bu yilgi test sinovlari yopiq pavilonlarda o‘tkaziladi

Abituriyentlar diqqatiga! Bu yilgi test sinovlari yopiq pavilonlarda o‘tkaziladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatidagi tizimli muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda 2023/2024 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan alohida binolarning mavjud emasligi sababli o‘tkazilayotgan aksariyat test sinovlari ta’lim muassasalari o‘quv binolarida ta’lim jarayoniga xalaqit qilmaslik uchun haftaning dam olish (shanba va yakshanba) kunlarida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish davomida 2023/2024 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olindi hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

Shuningdek, test sinovlari o‘tkaziladigan 15 ta umumta’lim fanidan 26 520 ta va qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillardan 2 400 ta test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi. Keng jamoatchilik orasidan test sinovlarida guruh nazoratchiligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 8 956 nafar talabgordan 4 000 nafarga yaqini saralab olindi va ular bilan shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring