Afg‘oniston terroristik markazga aylanib qolmasligi zarur – Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHIChK) VI sammitida nutq so‘zladi.
Davlat rahbari o‘z nutqida Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish va u yerda tinch hayotni tiklash muhimligiga e’tibor qaratdi.
«Bu mamlakat xalqaro terroristik markazga aylanib qolmasligi uchun zarur», – deydi O‘zbekiston yetakchisi.
Mirziyoyev Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha umumiy, muvofiqlashgan yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. U Afg‘oniston hukumati bilan tomonlar majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusi bilan Osiyo davlatlarining BMT Bosh Assambleyasiga qo‘shma murojaati imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Shuningdek, hamkor davlatlarning Termiz shahrida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini amalga oshirishdagi qo‘llab-quvvatlovi va ishtirokiga umid bildirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter