Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aksariyat tashkilotlarga 8 oyda 16 trln so‘m soliq imtiyozlari berilgan – DSQ

Aksariyat tashkilotlarga 8 oyda 16 trln so‘m soliq imtiyozlari berilgan – DSQ

2024-yilning yanvar-avgust oylarida 138 661 ta tashkilot 16 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shu bilan birga 2 927 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 13,1 trln so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan hamda 7 185 ta korxona 22,5 trln so‘m miqdorida QQS «nol» stavkasini qo‘llagan.

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

  • QQS – 8 trln so‘m;
  • foyda solig‘i – 2,3 trln so‘m;
  • yer solig‘i – 1,9 trln so‘m;
  • ijtimoiy soliq – 1,9 trln so‘m;
  • JShODS – 884,7 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i – 801,6 mlrd so‘m;
  • AOS – 139 mlrd so‘m;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,9 mlrd so‘m.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring