Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«A’lo ta’til» loyihasiga start berildi

«A’lo ta’til» loyihasiga start berildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xalq ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “A’lo ta’til” loyihasiga Surxondaryo viloyatidagi “Xalqaro yoshlar oromgohi”da start berildi.

3-10 yanvar kunlari tashkil etilgan “A’lo ta’til” dam olish va ijod oromgohida Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 192 nafar a’lochi o‘quvchilar hordiq chiqarishadi.

Loyiha ishtirokchilari bugun Termiz temir yo‘l vokzalida kutib olinib, “Xalqaro yoshlar oromgohi” tomon yo‘l olishdi.

– Ushbu loyihaga ishtirok etish istagini bildirgan 1000 nafarga yaqin o‘quvchilar ichidan 192 nafarini tanlab oldik. Loyihada fan olimpiadasi g‘oliblari, chorakni a’lo baholar bilan tugatgan, darslarni namunali o‘zlashtirgan eng faol va a’lochi o‘quvchilar jam bo‘lishgan. 1 hafta davomida o‘quvchi- yoshlarimiz birgalikda yangi loyihalar ustida ishlab, maroqli hordiq chiqarishadi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash bo‘lim mudiri Durdona Rahimova.

Loyiha davomida o‘quvchi yoshlar uchun turli sport tadbirlari, madaniy dasturlar, sayohatlar tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring