Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlandi

Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev kecha Polsha poytaxtiga yetib bordi.

Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

U shu paytga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamentida, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulligi konsuli bo‘lib ishlagan, 2020-yildan beri esa  Bosh konsullikka rahbarlik qilgan.

Amirsaid A’zamxo‘jayev 2015-yildan boshlab O‘zbekistonning Polshadagi Muvaqqat ishlar vakili va 2019-yildan Favqulodda va Muxtor elchi vazifasida ishlagan Bahrom Boboyev o‘rniga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring