Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 21 yoshli ayol o‘zini-o‘zi osib qo‘ydi

Andijonda 21 yoshli ayol o‘zini-o‘zi osib qo‘ydi

Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, 15 iyul kuni Oltinko‘l tumanida yashagan 21 yoshli kelin S.O. o‘z joniga qasd qilgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, S.O.da bo‘yin a’zolarini sirtmoq bilan siqilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, o‘pka visseral plevra varaqlari osti va yurak epikard osti sohalariga qon quyilishi, bo‘yin sohasidagi strangulyasion egat shilinma, bosh peshona va chap quloq suprasi atrofida shilinma ko‘rinishidagi jarohatlar mavjudligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan sud-psixologiya ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring