Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda aholi ko‘mirini pullagan ombor mudirlari aniqlandi

Andijonda aholi ko‘mirini pullagan ombor mudirlari aniqlandi

Andijon viloyati prokuraturasi Andijon, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlarida aholi uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilinganlik holati haqida ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, «Ko‘mir ta’minot» MChJning Andijon viloyat filiali tasarrufidagi Andijon tuman ko‘mir ombor mudiri Sh.B. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 362,3 mln so‘mlik 1,2 ming tonna ko‘mirni go‘yoki fuqarolar olganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tayyorlab, ko‘mirni naqd pulga sotishib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida talon-toroj qilgan.

Shuningdek, Buloqboshi tuman ko‘mir ombor mudiri S.N. tomonidan ham qiymati 178,3 mln so‘mlik 445,5 tonna hamda Jalaquduq tuman ko‘mir ombor mudiri Y.Yu. tomonidan qiymati 421,7 mln so‘mlik 1,42 ming tonna ko‘mirlar ham o‘zlashtirib yuborilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudirlari Sh.B., S.N. va Y.Yu.ga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ushbu shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring