Andijonda kelin o‘zining sepini MIB orqali undirib oldi
Ayrimlarning dabdaba, hoyu-havaslar ortidan quvishi to‘y xarajatlarini oshirib yuborayotgani, ba’zida esa o‘rtadagi nizolarga sabab bo‘layotgani sir emas.
Majburiy ijro byurosining Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan sud hujjatiga ko‘ra, qo‘rg‘ontepalik kelinning 46 million so‘mlik seplari undirib berilishi belgilangan.
Ma’lum qilinishicha, kuyovning oilasi kelinning seplarini olib ketilishiga qarshilik ko‘rsatgan.
Biroq, sudning kuchga kirgan qarori ijrosini ta’minlash uchun Byuro xodimlari kelinning seplarini birma-bir nazoratdan o‘tkazib, qabul qilib olgan.
Ijro harakatlari davomida hujjatda keltirilgan qiymati 46 million so‘mdan ziyod 39 turdagi mol-mulklarning barchasi kelinga olib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter