Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda qariyb 174 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Andijonda qariyb 174 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Xo‘jaobod tumanidagi «M. G.» MChJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur MChJga qarashli tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 173 mln 905 ming 650 so‘m  (386 ming 457 kVt⋅soat) miqdorda zarar keltirganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: ushbu miqdordagi elektr energiyasi 1 ming 932 ta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir.

Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring