Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda davlatdan nafaqa olib yurgan 7 million «o‘lik jon» borligi aniqlandi

AQShda davlatdan nafaqa olib yurgan 7 million «o‘lik jon» borligi aniqlandi

Reuters

AQSh Ijtimoiy ta’minot boshqarmasi hujjat bo‘yicha g‘ayritabiiy yoshlarda «yashayotgan», hatto ayrimlari 120 yoshdan oshgan 7 millionga yaqin amerikalikni o‘lgan deb e’lon qildi.

Bu haqda Ilon Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) ma’lum qildi. 

«Oxirgi uch hafta ichida Ijtimoiy ta’minot boshqarmasi o‘z ma’lumotlar bazalarida katta tozalash ishlarini olib bordi. 120 yoshdan oshgan 7 millionga yaqin amerikalik o‘lgan deb belgilandi. Hali yana 5 millionga yaqini qolgan», – deyiladi hisobotda.

Hujjatlarda qayd etilgan 1,7 million nafar 120-129 yosh oralig‘idagi, 2,4 million nafar 130-139 yosh oralig‘idagi, 2,4 million nafar 140-149 oralig‘idagi, hatto 400 mingdan ortiq 150 yoshdan oshgan amerikalik uchun ijtimoiy nafaqalar tayinlab kelingan.

Fevral oyida DOGE boshlig‘i Ilon Mask amerikaliklarning ijtimoiy nafaqa olish yoshiga e’tibor qaratgan edi. U e’lon qilgan grafikaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 100 yoshdan oshgan 4 milliondan ortiq fuqaro bor. Mask mamlakat ijtimoiy ta’minot tizimini tarixdagi eng katta firibgarlik deb atadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring