Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Auditorlarning ish sifatini tekshirish tartibi belgilandi

Auditorlarning ish sifatini tekshirish tartibi belgilandi

Hukumatning 2022-yil 28-sentyabrdagi «Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori bilan auditorlarning ish sifatini tekshirish tartibi belgilandi. Bu haqda «Norma» nashri ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq: 

  • tashqi nazorat moliya vazirining buyrug‘i asosida Moliya vazirligi tomonidn 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi;
  • tashqi nazoratni amalga oshirishda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari vakillari jalb qilinadi;
  • tashqi nazorat oxirgi ikki moliyaviy hisobot davrida majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditorlik tashkilotlariga nisbatan o‘tkaziladi;
  • tijorat banklarini majburiy auditorlik tekshiruvdan o‘tkazgan auditorlik tashkilotlari Markaziy bank bilan birgalikda tashqi nazoratdan o‘tkaziladi;
  • tashqi nazorat ob’yekti auditorlik tashkilotining auditorlik xizmati ko‘rsatishdagi faoliyati hisoblanadi, shu bilan birga tashkilotning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • auditorlik tashkiloti tomonidan kerakli ma’lumotlarni taqdim etmaslik uni auditorlik tashkilotlari reyestridan chiqarishga asos bo‘ladi;

Ma’lumot uchun: auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan taqdirda, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga va firma nomida «auditorlik tashkiloti» degan so‘z birikmasidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • tashqi nazorat o‘tkazilganda tekshiruvchilar «tekshirishlarni ro‘yxatga olish» kitobini to‘ldirishlari lozim;
  • tekshirish natijasi bo‘yicha auditorlik tashkilotiga 30 kun muddat ichida kamchiliklarni to‘g‘irlash haqida xabarnoma beriladi;
  • auditorlik faoliyatidan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanganlik, auditorlik tekshiruvida o‘rnatilgan cheklovlarga rioya etmaganlik va soxta auditorlik xulosalari taqdim etilganligi aniqlanganda Moliya vazirligi sudga murojaat etishga haqli;
  • tashqi nazorat natijalari va ko‘rilgan choralar Moliya vazirligi saytida e’lon qilinadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring