Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«AvtoVAZ» O‘zbekistonda Lada Vesta’ning yangi avlodini yig‘moqchi

«AvtoVAZ» O‘zbekistonda Lada Vesta’ning yangi avlodini yig‘moqchi

«AvtoVAZ» kompaniyasi yangi avlod Lada Vesta avtomobilini O‘zbekistonda yig‘ish masalasini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda kompaniya prezidenti Maksim Sokolov «Innoprom. Central Asia» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi chog‘ida ma’lum qildi.

«Hozirda hamkorimiz bilan birgalikda avtomobillarimiz yig‘ilishini tiklash bo‘yicha eng yaqin rejalarni faol ko‘rib chiqyapmiz. Bundan tashqari, bu flagman modeli – yangi avlod Lada Vesta modeli bo‘ladi», - degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya kelgusida O‘zbekistonda avtomobil yig‘ishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish niyatida.

«Xususan, payvandlash va bo‘yash ishlari shu yerning o‘zida olib boriladi. Biz hamkorlarimiz bilan bu borada muzokaralar olib boryapmiz», – deya tushuntirdi Sokolov.

Ma’lumot uchun, 2021-yil sentyabr oyida «AvtoVAZ» O‘zbekistonning «Roodell»  kompaniyasi bilan birgalikda «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida joylashgan «ADM Jizzakh» zavodida Lada avtomobillarini seriyali yig‘ishni boshlagan, biroq keyinchalik to‘xtab qolgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring