Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim hududlarga «plastik» idishlarni olib kirishga javobgarlik belgilanishi mumkin  

Ayrim hududlarga «plastik» idishlarni olib kirishga javobgarlik belgilanishi mumkin     

Jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan qonun loyihasida «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, mazkur qonun 45-1-modda, ya’ni tabiatni tez yo‘qolib ketmaydigan mahsulotlar bilan ifloslanishdan muhofaza qilishga doir modda bilan to‘ldiriladi.

Bunda tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan hududlarga, moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer maxsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlanadi.

Olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlangan bir martalik plastik mahsulotlarning ro‘yxati esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdqilanadi.

Shuningdek, yuqoridagi cheklovlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash maqsadida MJtK 91-4-modda bilan to‘ldiriladi.

Unga ko‘ra, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan hududlarda, moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer maxsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarish, qiymati va miqdoriga qarab, fuqarolarga BHMning 2 baravaridan 25 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring