Ayrim mavsumiy xodimlarga soliq imtiyozlari berilishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar ipakchilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan – «O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Qonun loyihasi bilan Yaylov xo‘jaliklarini rivojlantirish uyushmasi tizimining sub’yektlarida faoliyatni amalga oshirayotgan mavsumiy xodimlarga nisbatan vaqtinchalik soliq imtiyozlari qo‘llanilishi nazarda tutilyapti. Ushbu davr mobaynida sohadagi mavsumiy ishchilar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.
Bundan tashqari, hujjat loyihasi bilan soliq to‘lovchilarning ipak qurti urug‘ini va pillani yetishtirishdan, pillani qayta ishlashdan, tayyor ipak mahsulotlarini hamda ipakchilik tarmog‘i uchun yordamchi materiallarni ishlab chiqarishda aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan ozod etilishi ham nazarda tutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter