Ayrim NNTlarga bir martalik subsidiyalar ajratiladi
Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashgan NTTga bir martalik subsidiya ajratiladi.
Bu haqda joriy yil 1-fevralda qabul qilingan Prezidentning PQ–51-son qarorida belgilab qo‘yildi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda BHMning 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish tizimini nazarda tutuvchi dastur amaliyotga tatbiq etiladi.
Shuningdek, xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha qismini qoplab berish hamda ingliz tilini bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartiblari joriy qilinadi.
Shunga ko‘ra, subsidiya olish hamda xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish va ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul ko‘rsatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter