Ayrim tashkilotlarga pudratchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat berilyapti
Joriy yil 11-martdagi Prezidentning tegishli qarori bilan, Toshkent shahridagi iste’molchilarning energiya resurslariga o‘sib borayotgan talabini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilandi.
Jumladan, ayrim davlat tashkilotlari – «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ, «O‘zenergoinjiniring» AJ kabi korxonalarga tanlov va tender savdolarini o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va yordamchi pudratchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.
Bunda ushbu shartnomalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK tomonidan hujjatlar taqdim etilgan sanadan 10 kun muddatda ekspertizadan o‘tkaziladi.
Shuningdek, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan temir-beton mahsulotlari hamda qo‘shimcha qurilmalar Loyihada belgilangan korxonalar tomonidan xarid qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter