Baxtiyor Rahmonov Ortiqxo‘jayevning qarorini bekor qildi

Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Yashnobod tumani hokimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash haqidagi qarorini bekor qildi.
Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmankulovga nisbatan qo‘llanilgan hayfsan intizomiy jazosichorasiga oid farmoyishi 2022 yil 4 noyabr kuni imzolangan edi.
Baxtiyor Rahmonov 28 fevral kuni Mehnat kodeksining 183-moddasiga asosan ushbu intizomiy jazoni bekor qilgan.
Mazkur moddaga ko‘ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan oshmasligi kerak. Agar ushbu muddat davomida xodim yana jazoga tortilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazo qo‘llagan ish beruvchi uni yil tugagunga qadar o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbarining iltimosiga binoan olib tashlashga haqli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter