Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir yil avval yo‘qolib qolgan farg‘onalik qiz Toshkentdan topildi

Bir yil avval yo‘qolib qolgan farg‘onalik qiz Toshkentdan topildi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi D.I. joriy yil 13 fevral kuni mahalliy ichki ishlar organlariga murojaat qilib, qizini topishda ko‘mak so‘ragan. U 2008 yilda tug‘ilgan qizi M.D.ning 2022 yil 10 dekabr kuni yashash xonadonidan chiqib ketgani va shu kunga qadar qaytib kelmasdan, bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.

Uchko‘prik tumani IIB TQX JQB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida bedarak yo‘qolgan D.M. 2023 yil 1 dekabr kuni Toshkent shahri hududida sog‘-salomat topilib, yaqinlariga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring