Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biznes avtobus»da jizzaxlik kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining bandligi ta’minlandi

«Biznes avtobus»da jizzaxlik kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining bandligi ta’minlandi

Jizzax viloyatidagi kasb-hunar kolleji bitiruvchilari jamlagan “Biznes avtobus” viloyatning yirik korxona va zavodlariga yo‘l oldi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

20 noyabr kuni Do‘stlik tumanidan boshlangan “Bandlik va biznes avtobus” loyihasi doirasida 200 nafar yoshlar qamrab olindi. Loyiha doirasida yoshlar Do‘stlik tumanidagi “IN STYLE” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasiga sayohat uyushtishdi.

Asosan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonada bitiruvchilar korxona tarixi va ishchilarning mehnat sharoiti, maoshi, texnika xavfsizligi va kunlik faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi.

“Korxona hali to‘liq quvvatda ishga tushgani yo‘q. Yana 500 nafar ishchi xodim olish imkoniyatimiz bor, xodimlarimiz, asosan, yoshlardan iborat. Bugungi loyiha doirasida ham 3 nafar bitiruvchi bilan shartnoma imzoladik. Hozir eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarib, xorijga eksport qilyapmiz. O‘tgan oydan boshlab Germaniyaga ham eksportni yo‘lga qo‘ydik, - deydi korxona bosh direktor o‘rinbosari Zoirjon Sharipov”.

Korxona ishchilari safiga qo‘shilgan Xurshida Berdiyeva shunday deydi:

“Do‘stlik qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejini tamomlab, 2016 yildan buyon ishsiz edim. Bandlik haftaligi e’lon qilinganini kollejda o‘qiyotgan singlimdan eshitdim. “IN STYLE” korxonasida ishlash ishtiyoqim kuchli bo‘lgani uchun birinchilardan bo‘lib loyihada ishtirok etdim. Korxona xodimlarning ish sharoiti menga juda yoqdi. Mehnati ham qiyin emas ekan. Men korxona bilan mehnat shartnomasini imzoladim”.

Ma’lumot uchun Jizzax viloyatida 76 kasb-hunar kolleji bo‘lib, ularni 2018-2019 o‘quv yilida 19 ming 698 bitiruvchi tamomlaydi. Eslatib o‘tamiz, “Bandlik va biznes avtobus” loyihasi viloyatning barcha tumanlarida o‘tkaziladi.

Shohida Damanova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring