Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarga internet orqali uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Bolalarga internet orqali uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan «Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik belgilashga doir norma muhokama qilindi.

Qonun loyihasida 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki internetdan foydalanib uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirilmoqda. Shuningdek, voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlash harakatini bir yil davomida takroran sodir etgan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, loyihaning qabul qilinishi bolalarni jinsiy erkinlikka hamda bola savdosiga qarshi jinoyatlardan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga hamda bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar qilmishiga mutanosib jazolanishiga, shuningdek, aliment to‘lamaganlik uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring