Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuraturada sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishga doir davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuraturada sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishga doir davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Prokuratura organlari tizimida faoliyat olib boruvchi xodimlarni yetuk kadr bo‘lib shakllanishi, mamlakatimizda va dunyoda sodir bo‘layotgan ahamiyatli islohot va o‘zgarishlarni ularga o‘z vaqtida yetkazish hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida har haftaning juma kuni «Ma’naviyat kuni» etib belgilangan.

Bugun, 11-oktyabr kuni Bosh prokuraturada «Sun’iy intellekt imkoniyatlarini prokuratura tizimiga joriy qilish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Bosh prokuratura, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy va Transport prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruvi raisi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja, «AIM Laboratory» MChJ rahbari Xikmatilla Ubaydullayev, «XCDM» MChJ rahbari Samandar Tursunaliyev, texnobloger Sa’dulla Abdullayevlar ishtirok etib, bugungi mavzu yuzasidan nutq so‘zladi.

So‘zga chiqqanlar sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida o‘z fikr va ma’lumotlarni, tushuntirishlarni berib o‘tishdi.

Do‘stona va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ishtirokchilar ham mavzu yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring