Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokurorga ikki o‘rinbosar va 3 ta viloyatga prokuror tayinlandi

Bosh prokurorga ikki o‘rinbosar va 3 ta viloyatga prokuror tayinlandi

Bosh prokuratura tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan, Prezidentning tegishli Farmonlariga asosan adliya katta maslahatchilari To‘xtaboyev Sherzod Jalolovich hamda Hatamov Jahongir Jo‘rayevichlar Bosh prokuror o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi.

Sh.To‘xtaboyev tayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan. J.Hatamov esa tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Shuningdek:

  • Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Madraximov Umirbek Muxammadovich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
    U.Madraximov tayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

  • Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Xodjayev Marufxon Maksudovich Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
    M.Xodjayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

  • Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Eshnazarov Murodqosim Xamzayevich Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
    M.Eshnazarov tayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring