Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boysundagi gaz konida yana texnogen holat yuz bergan: qurbonlar bor

Boysundagi gaz konida yana texnogen holat yuz bergan: qurbonlar bor

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konida 17-sentyabr kuni takroran vodorod sulfid gazi sizib chiqishi yuz berdi.

Bu haqdagi ma’lumot Bosh prokuratura Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev tomonidan tasdiqlangan.

Bosh prokuratura rasmiysining «Kuno‘z» nashriga tasdiqlashicha, hodisa oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar ham bor. 

– Haqiqatda Boysundagi gaz konida ro‘y bergan noxush hodisa oqibatida ikki nafar shaxs halok bo‘lgan. Voqea joyiga holatni o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati prokurori chiqqan. Ushbu holat bo‘yicha hozirda tergovoldi tekshiruvlari amalga oshirilyapti. Natijasi bo‘yicha albatta OAVlariga ma’lumot beriladi.

Bu texnogen holat bo‘lganligi sababli mutaxassislarning xulosalarini talab qiladi. Qonuniy qaror qabul qilishda ham mazkur xulosalarga tayaniladi, – deydi O‘ktam O‘tayev.

«Gazetao‘z» nashri esa o‘z manbalariga tayanib hodisada qurbon bo‘lganlar soni 4 nafar bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-sentyabr kuni Boysun tumani Ko‘lqamish mahallasida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» koniga qarashli 604-son quduqda burg‘ilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi sizib chiqishi kuzatilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring