Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ayrim hududlarida chang-to‘zon va yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun ayrim hududlarida chang-to‘zon va yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun 23-oktyabr O‘zbekistonning ba’zi hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-18 daraja bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring