Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin

Bugun tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin

Bugun, 30 iyul kuni respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.

O‘zbekistonda bugun havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 42o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40 darajaga ko‘tariladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring