Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Toshkentning 2 tumanida chiroq o‘chirildi

Bugun Toshkentning 2 tumanida chiroq o‘chirildi

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun, 20 iyul kuni Toshkentning 2 ta tumanida «svet» o‘chiriladi.

Quyidagi hududlarda elektr energiyasi o‘chiriladi:

Olmazor tumani: «Sag‘bon», «G‘ani A’zamov», «Chimboy», «Guzarboshi», «Namuna» hamda «Oltinsoy» MFYlarining qisman hududlaridagi ayrim ko‘chalarida soat 04:00 dan 12:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Lutfiy» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring