Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning 3 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi!

Toshkentning 3 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi!

Bugun, 25 may kuni Toshkent shahrining Olmazor, Sergeli va Yashnobod tumanlarining ba’zi hududlarida vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Olmazor tumani «Guruchariq» MFY Qorasaroy ko‘chasidan o‘tgan yer osti o‘rta bosimli gaz quvurida nosozlik yuzga kelgan. Ushbu nosozlikni bartaraf etish uchun «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Olmazortumangaz» filiali tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, bugun, 25 may kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tumanning «Guruchariq», «Istiqbol» va «Qorasaroy» mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Sergelitumangaz» filiali tomonidan Sergeli tumani, «Qut-baraka» (Belariq) va «Ko‘hna Qumariq» MFYlari hududida gaz hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan, bugun, 25 may kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha tumanning «Belariq» va «Ko‘hna Qumariq» mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Shuningdek, «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Yashnobodtumangaz» filiali tomonidan Yashnobod tumani, «Fidoyilar» mahallasi, 22-Harbiylar shaharchasi hududidan o‘tgan past bosimli gaz quvurini ko‘chirish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan, bugun, 25-may kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tumanning 22-Harbiylar shaharchasi hududida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring