Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buvi nabirasi uchun 10 ming dollar aliment to‘lab berdi

Buvi nabirasi uchun 10 ming dollar aliment to‘lab berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 15.03.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor X.T.dan undiruvchi Sh.B. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oy topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan ijro hujjati kelib tushgan.

Aliment pullarini undirish maqsadida olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning onasi A.B. tomonidan aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash taklifi bildirildi. U nabirasi ta’minoti uchun 10 000 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘ini ixtiyoriy ravishda taqdim etishini ma’lum qildi.

Taraflar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilib, undiruvchi farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlari hisobiga ushbu pullarni qabul qilishga rozi ekanini tasdiqladi. Buvi tomonidan taqdim etilgan 10 000 AQSh dollari aliment to‘lovlarini oldindan qoplashga yo‘naltirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring