Buxoroda 7 qavatli binoning 8-qavatidan uy sotgan quruvchi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlab, mahalliy quruvchilarning biriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Ma’lum bo‘lishicha, «N.A.» MChJga shahar hududidan ko‘p xonadonli 7 qavatli turar joy binosini qurishga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, korxona rahbari O‘.Q. hech qanday hujjatlarsiz turar joy binosiga qo‘shimcha 8-qavatni qurib, fuqarolarga sotgan.
U ushbu xonadonlarni mijozlar nomiga rasmiylashtirib bo‘lmasligini bilib turib, 6 nafar fuqaroning 838,6 mln so‘m va 14 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter