Buxoroda YPX inspektorini obro‘sizlantirishga uringan haydovchi 7 sutkaga qamaldi

Buxoro shahrida haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabini bajarmagani uchun 7 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, YPX xodimi haydovchini to‘xtatib, hujjatlarini so‘ragan. Ammo haydovchi hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng, inspektor mashina hujjatlarsiz boshqarilmoqda deb baholab, uni jarima maydoniga olib ketgan.
Bu vaqtda haydovchi inspektorni nohaqlikda ayblab, turli haqoratli so‘zlar aytgan va ijtimoiy tarmoqlarga videolar joylagan.
Sud haydovchini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (qonuniy talabga bo‘ysunmaslik) va 195-2-moddasi (inspektor obro‘siga putur yetkazuvchi videolarni tarqatish) bo‘yicha aybli deb topdi. U 7 sutkaga qamaldi.
Haydovchi sudda o‘z xatosini tan olib, ichki ishlar xodimlari va tizimdan uzr so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter