Chegarada 1 kilodan ortiq tillani olib o‘tishga bo‘lgan urinish fosh qilindi

Toshkent viloyati «Navoiy» chegara bojxona postida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari yashirincha olib o‘tishga urinish fosh etildi.
Mazkur chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtda uning xatti-harakatlarida shubhali holatlar kuzatilgani sababli, bojxona xodimi tomonidan shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Ko‘rik natijasida fuqaroning ichki jinsiy a’zolari ichida og‘irligi 1 013 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari borligi aniqlangan. Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur oltin buyumlarining umumiy qiymati 1 milliard 100 million so‘mni tashkil etdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas