Chigirtkaga qarshi 500 ming gektardan ortiq maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan
2024 yilda respublikada zararli chigirtkalar 574 ming gektardan ortiq maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi bashorat qilingan edi. Amalda hasharot 511,7 ming gektarda tarqalganligi aniqlanib, 504 ming gektardan ortiq maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.
Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk bor O‘zbekistonning 4 ta hududida 1600 gektar maydonda ekologik xavfsiz mikrobiologik preparat qo‘llanildi va biopreparatning yuqori samara berganligi kuzatilgan.
Jumladan, qarshi kurash tadbirlarini samarali o‘tkazish maqsadida 203 ta traktor purkagichlari, 308 ta motorli qo‘l purkagichlari, 43 ta avtomashinaga o‘rnatilgan yuqori unumli purkagichlar, 2 ta motodeltaplan, 58 ta suv tashuvchi transport vosita jalb qilingan.
Shu bilan birga, joriy yilda 500 ming gektar maydonda kuzgi kuzatuv nazorat ishlari o‘tkazilishi belgilangan. Kuzatuvlar natijasi «Lokust kontrol» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kiritilib, zararli chigirtkalar tuxum qo‘ygan maydonlarning elektron xaritasi va dastlabki ma’lumotlar shakllantiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter