Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chotqol qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi

Chotqol qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi

Kecha, 8 iyul kuni kechasi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining Maydontol bo‘limi hududida kichik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining Maydontol bo‘limi hududida 8 iyul kuni kechasi kichik yong‘in sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish maxsus otryadi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Qisqa vaqt ichida FVV xodimlarining tezkor va malakali harakatlari natijasida yong‘in o‘chirildi va shu orqali o‘rmonning katta hududiga tarqalishi mumkin bo‘lgan yong‘inning oldi olingan.

Jarayonga Mudofaa vazirligi, shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklarining kuch va vositalari ham jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring