Chustda bolalarning zaharlanishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. «Ish»ni Bosh prokuratura o‘rganadi
Bugun, Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva davlat rahbarining topshirig‘i bilan Namanganda zaharlangan bolalar holidan xabar olish uchun bordi.⠀
«Shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, ko‘pchiligi sog‘aygani uchun uyiga - oilasi bag‘riga qaytarilgan.
Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik», – deb yozdi Mirziyoyeva.
Shuningdek, bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan sog‘liqni saqlash, SES, ta’lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazilgan va holat bo‘yicha tekshiruvning borishi muhokama qilingan.
Ta’kidlanishicha, o‘rganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan. Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter