Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat bayrog‘ini taqqan yigitni qamashga uringan «IIBchi»larga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Davlat bayrog‘ini taqqan yigitni qamashga uringan «IIBchi»larga xizmat tekshiruvi tayinlandi

O‘zbekistonning Davlat bayrog‘i rangidagi tasmani taqib yurgan yigit bilan bog‘liq holat yuzasidan ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan taqdimnoma kiritilgan.

Bosh prokuratura axborot xizmatiga ko‘ra, hozirda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5-may kuni Qamashi tumanidagi bozorda huquq-tartibot idoralari xodimlari O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi va «Bitiruvchi» yozuvi bo‘lgan tasma taqqan yigitni ushlab, unga nisbatan «MJtKning ayrim tegishli moddalariga ko‘ra hujjatlar rasmiylashtirilib», to‘plangan hujjatlar Qamashi tuman sudiga yuborilgan edi.

Biroq jamoatchilik faollarining keskin chiqishlaridan so‘ng 7-may kuni Bosh prokuratura aralashuvi bilan yigitga nisbatan qo‘llanilgan ushbu noqonuniy qaror bekor qilinishi ta’minlangan edi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring