Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dehqonobod kaliy zavodi»da ilk mahsulot ishlab chiqarilganiga o‘n yil to‘ldi

«Dehqonobod kaliy zavodi»da ilk mahsulot ishlab chiqarilganiga o‘n yil to‘ldi

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ 2010 yil qurilish ishlari nihoyasiga yetgach, 19 avgust kuni zavod ilk mahsulotini ishlab chiqardi.

Zavod o‘tgan 10 yil mobaynida jami 2,2 mln tonnaga yaqin  mahsulot ishlab chiqardi. Yil oxirigacha esa 350 ming tonna kaliy xlorid ishlab chiqarish prognoz qilingan. Bundan tashqari mahsulotlarimizning 80 foizi chet davlatlarga sotilmoqda. Zavodning 10 yillik faoliyati davomida 30 ortiq xorijiy mamlakatlarga 300 million dollаrlik kaliy o‘g‘itini ekport qilindi. Zavodning ishga tushishi bilan mamlakatimiz kimyo sanoatida yangi turdagi kaliy xlorid mineral o‘g‘iti to‘liq mahalliylashtirildi. Shuningdek, korxonada kraxmal mahsuloti ishlab chiqarish loyihasi ham mahalliylashtirish Dasturiga kiritilib, 2016 yildan guruch sechkasidan kraxmal ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Hozirda suyuq parafin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uni mahalliylashtirilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Natijada yiliga 28,0 ming AQSh dollari miqdoridagi valyuta mablag‘larining chetga chiqib ketishining oldi olinadi.

2010 yilda zavodning sof foydasi 2 milliard 274 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 5 milliard 575 million so‘m daromad ko‘rildi. Shuningdek, 2010 yilda davlatga 1,8 milliard so‘m miqdorida soliq to‘langan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2015 yilda 31,4, 2019 yilda esa 46,7 milliard so‘mga yetdi. Shu kungacha tashkilotning budjetga to‘lagan soliq va boshqa to‘lovlari miqdori 291,39 milliard so‘mdan oshib ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring