Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlar ish beruvchining 15 ta nomdagi hujjatni talab qilishini taqiqlamoqchi

Deputatlar ish beruvchining 15 ta nomdagi hujjatni talab qilishini taqiqlamoqchi

Bugun, 17-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi bilan davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlaridan jami 15 ta (diplom, litsenziya, ruxsatnoma, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar) faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda.

Shunga ko‘ra, 13 ta qonunga faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilmaslik bo‘yicha tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bundan tashqari, advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori BHMning ikki baravaridan bir baravariga kamaytirish bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilyapti.

«Qonun loyihasining qabul qilinishi davlat xizmatlari sifatli ko‘rsatilishini ta’minlashga, turli toifadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga, idoralarda fuqarolar haqidagi ma’lumotlar yagona identifikatorlar asosida saqlanishi uchun huquqiy asoslar yaratishga xizmat qiladi», – deyiladi Quyi palata axborot xizmati xabarida.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring