Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Qibrayda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 11 avgust kuni Toshkent viloyati Qibray tumanidan o‘lim bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 11 avgust kuni soat taxminan 15:00 larda Qibray tumani hududidan o‘tgan 4R6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 10-km.da, haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan  M.Z. (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) boshqaruvidagi onasiga tegishli bo‘lgan «Spark» rusumli  transport vositasida Toshkent-Chirchiq yunalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning xavfli burilish qismida (ogohlantiruvchi yo‘l belgilari mavjud) rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Natijada haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobilning old o‘rindig‘ida bo‘lgan 2005 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring