Dunyo oq rang bilan qoplangan yilning birinchi qori
Maysazor, dalayu dasht, shaharu qishloq bo‘ylab tarqalayotgan qor farishtalari. Mavsumning birinchi ayozli qor odami. Mavsumning birinchi qorbolasi...
Qishning birinchi qori eng sehrli qordir. Bugun ba’zi bolakaylar birinchi marta qorbo‘ron o‘ynashadi, birinchi marta ular qor ustida bulutlarda yurgandek yurishadi, birinchi marta uning hatto ta’mini his qilishadi. Bu zavq ular hech qachon unutmaydigan narsa va shuning uchun ham u juda chiroyli.
Dunyo oqlik bilan qoplansa, tinchlik bo‘ladi. Barcha tartibsizlik, nafrat va g‘azabni ichga yutasiz. Chunki atrof oppoq, dunyo sukutga cho‘mgandek bo‘ladi. Yagona harakat – bu yog‘ayotgan qor.
Birinchi qor nimasi bilan latofatli va zavqli, katta yoshli odamlar uchun ham, hatto? Ular bugun bolaligini eslaydi. Bolalikdagi zavqni qayta-qayta his qiladi.
Birinchi qor yana mo‘l-ko‘lchilik, baraka. Osmondan go‘yoki qut-baraka yog‘ayotgandek.
Dunyo oq rang bilan qoplangan yilning birinchi qori. Anavi o‘tkinchi yo‘lovchi, tik turib xayol surayotgan ayol, qorbo‘ron o‘ynayotgan bolalar, qor kurayotgan amaki – barchasi senda ertangi kunga bo‘lgan umid va ishonchni ko‘rmoqda...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter