Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo ulamolari Buxoroda yig‘ildi

Dunyo ulamolari Buxoroda yig‘ildi

Bugun, 26-noyabr kuni Buxoroi sharifda Mir Arab madrasasining 500 yilligiga bag‘ishlangan «Boqiy Buxoroning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni» mavzuidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli tadbirda Xalqaro musulmon ulamolar kengashi va Abu Dabi Tinchlik forumining obro‘-e’tiborli ulamolari, O‘zbekiston, Misr, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston singari mamlakatlar muftiylari, taniqli ulamolar, islomshunos tadqiqotchi va diniy soha vakillari ishtirok etyapti.

Dunyo ulamolari va mehmonlar Buxoro shahriga ziyoratni Bahouddin Naqshband hazratlari maqbarasini ziyorat qilishdan boshladilar.

Majmuada Qur’oni karim oyatlaridan tilovat qilinib,  aziz avliyolarning ruhi poklariga bag‘ishlandi.

Shundan so‘ng ulamolar «Bahouddin Naqshband» jome masjidida peshin namozini ado etishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring