Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXSh asosida bog‘cha tashkil qilishga doir ayrim tartiblar belgilandi

DXSh asosida bog‘cha tashkil qilishga doir ayrim tartiblar belgilandi

Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi.

Bu borada Prezidentning PQ–316-sonli tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, imtiyozli kreditlar Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo‘yicha, Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda esa 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo‘yicha ajratiladi.

Tumanlarda esa 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo‘yicha ajratiladi.

Yangi qarorga ko‘ra, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi rad etilmasa, axborot tizimida avtomatik shakllantirilgan bitim xususiy sherik va davlat sherigi tomonidan elektron raqamli imzo orqali imzolanadi.

Hujjatga muvofiq, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim davlat sherigi tomonidan imzolanganidan keyin boshlashga haqli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring