Ekopartiyadan prezidentlikka nomzod 2030-yildan sigareta savdosini taqiqlamoqchi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Abdushukur Hamzayev surxondaryolik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda 2030-yildan boshlab, 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga yoshidan qat’iy nazar sigareta sotishni ta’qiqlashini ma’lum qildi.
Hamzayev, shuningdek, elektron sigaretalarni mamlakatga olib kirishni, 2030-yildan boshlab mamlakatda ichki yonuv dvigatelli yengil avtomobillar sotishni hamda chetdan olib kirishlarni taqiqlashni ham taklif qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas