Ekopatrulga jalb qilingan MG va IIO xodimlari ayrim hollarda rag‘batlantiriladi
Ekologik patrulga jalb qilingan Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan ekologik huquqbuzarliklar bo‘yicha javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘larning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ushbu xodimlar rag‘batlantiriladi.
Ushbu tartib Prezidentning «Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonida belgilab qo‘yilmoqda.
Shuningdek, aholiga o‘z tashabbusi bilan chiqindixonalarga aylangan yoki tizimli ravishda chiqindilar noqonuniy ravishda tashlab ketilishi kuzatiladigan hududlarda o‘z mablag‘lari hisobidan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga buyurtma berish imkoniyati yaratilmoqda.
Javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘larning 20 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan buyurtma bergan shaxslar rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu hujjat bilan avtomobil yo‘llarida radar o‘rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish huquqi berilgani va bunda jarimadan ma’lum ulush tadbirkor hisobiga o‘tkazib berilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter