Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov faoliyatini Ispaniya klubida davom ettirishi mumkin

Eldor Shomurodov faoliyatini Ispaniya klubida davom ettirishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovga Ispaniyaning «Jirona» hamda Italiyaning «Lechche» klublari qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Spetsiya»da o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Rim klubi rejalaridan o‘rin olmagan.

Italiya OAVning yozishicha, «Lechche»dan tashqari hujumchiga «Torino» va Turkiya klublari qiziqyapti. Shuningdek, bu kurashga La Liganing «Jirona» jamoasi ham qo‘shilgan.

«Roma» Shomurodovni sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishga tayyor bo‘lgan har qanday jamoaga sotishga tayyor, biroq moliyaviy tomondan bir muncha zaif bo‘lgan klublarning so‘nggi qarorga kelishi qiyin kechmoqda. Chunki hujumchining maoshi 1,5 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodovning «bo‘rilar» bilan amaldagi shartomasi 2026-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

Avvalroq Turkiyaning «Galatasaroy» klubi hujumchini ijaraga olish istagida ekani xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring