Endi mahkumlar ham pilla boqadi
O‘zbekistonda endi jazoni ijro etish muassasalari bilan hamkorlikda pilla xomashyosi yetishtiriladi. Bu borada Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi hamda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida memorandum imzolandi.
Prezident Mirziyoyevning joriy yil 24-fevraldagi «Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida joriy yilgi bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlab, tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Bo‘ka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari o‘rtasida pilla xomashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish ko‘zda tutilgan edi.
Shunga ko‘ra, memorandum doirasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni qo‘lda ipak va jun gilam hamda ipak mato to‘qish yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash va ularga shartnoma asosida dastgohlar yetkazib berish rejalashtirilgan.
Shuningdek, pillachilik korxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari o‘rtasida pilla yetishtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter