Eng ko‘p murojaat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelib tushgan – Ombudsman

2024-yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga jami 23 422 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 2 747 tasi maxsus qabulxonalar, vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalari, intizomiy qismlar, majburiy davolash muassasalaridagi shaxslardan va ularning vakillaridan yuborilgan.
Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlarning 32 foizi ijtimoiy huquqlar, 29 foizi iqtisodiy huquqlar, 17 foizi shaxsiy huquq va erkinliklar, 14 foizi murojaat etish huquqi, 1,4 foizi ekologik huquqlar hamda 7,0 foizi boshqa yo‘nalishdagi murojaatlarni tashkil etdi.
Hududlar kesimida esa kelib tushgan murojaatlarning eng ko‘pi Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan.
Murojaatlar tahlili hamda monitoring tashriflari yakunlari bo‘yicha Parlament palatalariga – 9 ta tahliliy ma’lumot, Vazirlar Mahkamasiga – 5 ta tahliliy ma’lumot, davlat organlari va tashkilotlari hamda sudlarga taqdimnoma, xulosa, da’vo arizasi, talabnoma shaklidagi – 182 ta ta’sir choralari kiritilgan.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish natijasida o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshmagan qator davlat tashkilotlari va idoralari xodimlarining 67 nafariga «xayfsan» berildi. 8 nafar mas’ulga jarima qo‘llanildi. 7 nafar mas’ul lavozimidan ozod etildi. 2 nafar mas’ul xatti-harakatlari baholanib, ma’muriy sudga oshirildi.
Ichki ishlar organlari tizimidagi 29 nafar xodimga «xayfsan» berildi. 13 nafar xodimga intizomiy choralar qo‘llanildi. 6 nafari lavozimidan ozod etildi
Ombudsmanga yuborilgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijasida fuqaro manfaatida 14 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 23 ta holatda jinoyat ishi ko‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorlar bekor qilindi. 26 nafar mas’ul shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. 2 ta holatda fuqaro manfaatida jinoyat ishi tugatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter